TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Qrim yarim orolida "Xizb ut-Tahrir" ta’qiqlangan ekstremistik tashqilotining bir necha vakillari hibsga olindi, deb xabar qilmoqda o‘lka IIVi.
Baxchisaray tumanida 13-aprel kuni bo‘lib o‘tgan maxsus operatsiya davomida bir necha kishi hibsga olingan, ekstremistik mavzulardagi adabiyotlar topilgan. Ta’qiqlangan tashkilot a’zolari qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, lekin politsiya osmonga qarab ogohlantiriuvchi o‘q uzganidan keyin, ular politsiyaga bo‘y sungan. Hech kim zarar ko‘rmagan.
Fevral oyida Qrim muftiysi Emirali Ablayev yarim orolda "Xizb ut-Tahrir", "Xabashiylar", "Musulmon og‘a-inilar" kabi turli yashirin islomiy sektalarning faollashgani, qrim-tatarlari jamiyatini yanglishtirib, musulmonlar orasida nifoqlar keltirib chiqarmoqda, degan edi.
Qrimning sobiq prokurori Natalya Poklonskaya "Xizb-ut-Tahrir" tashkiloti Qrimda uzov vaqt davomida mavjud bo‘lganini va u Ukraina qonunchiligi tomonidan ta’qiqlanmaganini xabar qilgan edi.
2016 yil daovmida Qrimda 11 nafar "Xizb-ut-Tahrir"chilar hibsga olingan, ulardan besh nafari Rossiya JKning 205.5 sonli "Terrorchi tashkilot faoliyatida ishtirok etish" bandiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Xizb-ut-Tahrir"- butun dunyoda islom xalifaligini o‘rnatishni o‘ziga maqsad qilib olgan, ekstremistik tashkilot bo‘lib, uning faoliyati O‘zbekiston, Rossiya va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.