TOShKENT, 9 mar – Sputnik. 2010-yil 7-aprelda Bishkekdagi bosh maydonlarning birida o‘tkazilgan miting qatnashchilarini tarqatish davomida 77 kishi halok bo‘ldi. Ushbu ish yuzasidan sud texnik sabablarga ko‘ra, keyingi qoldirildi, RIA Novosti Qirg‘iziston respublikasi Harbiy sudi devonxonasidan olingan ma’lumotlar asosida.
Bishkek shahridagi markaziy maydonlarning birida 2010-yil 7-aprelda uyushgan oppozitsiyachilar tomonidan o‘tkazilgan miting davomida 77 kishining halok bo‘lishi yuzasidan sud ishi uzoq tanaffusdan so‘ng, appelyatsiya tufayli qayta tiklandi. 2-martda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan tomonlar muzokarasi, Qirg‘iziston respublikasi prokurori iltimosi bilan 9-martga qoldirilgan edi.
"9 martda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sud jarayoni texnik sabablarga ko‘ra 22-martga qoldirildi”, — xabar qilishdi Harbiy sudda. RIA Novosti ega ma’lumotlarga ko‘ra, bu safar sud ishi sud zalida elektr toki yo‘qligi sababli keyinga qoldirildi. Jabrlanuvchi tomon Davlat ayblovchisi chiqishi uchun elektr energiyasi talab etilmasliginini aytib, sud ishi davom ettirilishini talab qilgan bir paytda, prokurorlar “bunday sharoitda sudda qatnashish etish mumkin emas” deya ta’kidlashgan.
2010 yilning 7-aprel sanasida olomon (miting ishtirokchilari) Qirg‘iziston hukumati binosiga hujum uyushtirganda binoni qo‘riqlayotgan posbonlar ommaga qarata o‘t ochgan. Shundan so‘ng Bishkek ko‘chalarida ommaviy tartibsizliklar va to‘qnashuvlar boshlangan: oqibatda poytaxtda 86 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha yuzlab kishi tan jarohati olgan.
2005 yilgi “Lola” inqilobidan so‘ng hukumat tepasiga kelgan prezident Qurmonbek Boqiyev oilasi va yaqinlari bilan mamlakatdan chiqib ketib, keyinchalik Belorussiyada siyosiy boshpana topdi.
Uch yildan ziyod vaqt davom etgan sud jarayonidan so‘ng 2014-yilning iyul oyida birinchi instansiya sudi mamlakat sobiq rahbarlariga nisbatan qaror chiqardi.
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmonbek Boqiyev, Jonish Boqiyev(respublika qo‘riqlash xizmati boshlig‘i) hamda Bosh vazir Doniyor Usenovlarga sirtdan umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Milliy xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Boqiyevning o‘g‘li shartli ravishda 10-yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qirg‘iziston respublikasi prezident apparati rahbari Konibek Jo‘rayev, sobiq Bosh prokuror Nurlan Tursunqulov va davlat maslahatchisi Elmirza Sotiboldiyev, shuningdek, prezident kotibiyati rahbari Oksana Malevanayalarning mol-mulki davlat foydasiga musodara qilindi va ularning har biriga 10-yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Uch kishi sud zalining o‘zida hibsga olingan bo‘lsa, Oksana M. ga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Sud miting bo‘lib o‘tgan kunda hukumat binosini qo‘riqlagan “Alfa” maxsus bo‘linma jangchilarini to‘liq oqladi. Ammo sud qaroridan norozi bo‘lgan sudlanuvchilar advokatlari hamda jabrlanuvchilar vakillari yuqori instansiyalarga shikoyat arizasini yo‘llagan edilar.