TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin fikriga ko‘ra, hukumatning asosiy vazifasi — poytaxtda mehnat migrantlari qonuniy bo‘lishini ta’minlashdir.
Sobanin migrantlarni moslashtirish vazifasi yo‘qligiga urg‘u berib o‘tdi.
"Men ham kerak emas deb o‘ylayman. Yevropadagidek migrantlarning sun’iy oqimini keltirib chiqarish kerak emas. Har bir odam o‘z davlatida yashashi kerak. O‘z uying o‘lan to‘shagin. Oxir-oqibat, agar ularda kelishga imkoniyati bo‘lsa, Moskvaga ishlash uchun kelishsin, lekin qonuniy yo‘l bilan kelib, soliqlarni to‘lashsin, tartib qoidalarga to‘liq rioya qilishsin", — dedi Sobanin "Govorit Moskva" radio efir chog‘ida.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga o‘tgan yili 262 ming nafar xorijiy fuqaro kelgan. Ular eng ko‘pi Markaziy Osiyo va Ukraina fuqarolaridir.