O‘zbek chegarachilari yirik miqdorda kontrabanda mobil telefonlarni qo‘lga olishdi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanUzbekskie pogranichniki
Uzbekskie pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegarachilar tomonidan yirik miqdorda mobil aloqa telefonlari, tamaki mahsulotlar, dori vositalar hamda poyabzal aniqlandi.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari yirik miqdorda kontrabanda holatlariga chek qo‘yishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Na prigranichno-tamojennom komplekse «Gisht kuprik” Tashkentskoy oblasti sotrudnikami tamojennoy slujbi presechen nezakonniy vivoz krupnoy partii karakulskix shkur - Sputnik O‘zbekiston
Bojxonachilar qorako‘l terilarning noqonuniy olib chiqilishini fosh etdilar

MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, 10-noyabr kuni kech payt "Bekobod" o‘tish punktida chegarachilar tomonidan ko‘p miqdor mobil telefonlar, tamaki mahsulotlar qo‘lga olindi.

"Xo‘jand-Xovos yo‘nalishidagi yuk poyezdi tekshirilganda 39 ta "Samsung Galaxy J-1", 43 ta "Xiaomi redmi 4" mobil telefonlar hamda 99 pachka tamaki mahsulotlar yashirilganligi aniqlandi. Aniqlangan yuklarning umumiy qiymati 121 million so‘mdan oshib ketdi", — dedi DChHQQ vakili.

Hozirgi vaqtda tezkor xodimlar ushb yuk egalarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, 19-noyabr kuni soat taxminan 2:30larda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Zarkent qishlog‘i chegara oldi yaqinida Qirg‘iziston hududidan dori vositalar va poyabzallarni respublikaga olib kirishga urinish oldi olindi. Huquqbuzarlar chegarachilarni ko‘rgan zahoti yuklarni tashlab, qo‘shni davlat hududiga qochib ketishdi. Ushlangan tovar moddiy boyliklarning umumiy qiymati 45 million so‘mdan oshib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0