Markaziy bank valyuta kurslarini yangiladi: yevro yana ko‘tarildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki 28-noyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 28-noyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Kupuri yevro - Sputnik O‘zbekiston
Yevro kursi tinmay ko‘tarilmoqda: O‘zbekistonda valyuta kurslari yangilandi

O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda yevroning kursi 166,46 so‘mga qimmatlashib, 9659,53 so‘mni tashkil qildi.

Dollarning rasmiy kursi 10,77 so‘mga ko‘tarilib, 8095,88 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham faqat 2,23 so‘m qimmatlashdi va 138,88 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi.

Markaziy banki rahbariyatining ma’lum qilishicha, jismoniy shaxslardan sentabr-oktabr oylari davomida banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ xarid qilindi. Eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0