TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 21-noyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda yevroning kursi 83,93 so‘mga qimmatlashib, 9487,07 so‘mni tashkil qildi.
Dollarning rasmiy kursi 15,82 so‘mga ko‘tarilib, 8085,11 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham faqat 39 tiyinga qimmatlashdi va 136,65 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi. Markaziy banki rahbariyatining ma’lum qilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan sentabr-oktabr oylari davomida banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi. Eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga ko‘paydi.