TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Bugun soat 8-40 larda "Rishton bosmaxonasi" MChJ binosida gaz jihozidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Buning natijasida 1 kishi jabrlangan. U o‘rta darajada (15%) tana yuzasi kuyish jarohatini olgan. Bundan tashqari, chaqash to‘lqini zarbasi natijasida ushbu bino yaqinida joylashgan umumta’lim maktabning 3 nafar o‘quvchilari yengil tan jarohati olishgan.
Jarohatlangan fuqaro tuman shifoxonasiga olib borilgan. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, 3 nafar o‘quvchi uyiga jo‘natilgan.
Ushbu holat yuzasidan Rishton tumani prokuraturasi, IIB, yong‘in xavfsizligi xodimlari tergov harakatlarini olib borilmoqda.
O‘zbekiston FVV fuqarolardan gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.