Qashqadaryoda gaz tashuvchi yuk mashinasi portlab ketdi

Obuna bo‘lish
Portlash "O‘ztransgaz" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan avtomashina turar joyda sodir bo‘lgan

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 15-avgust tungi soat 00:15da avtoturarjoyda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda UzNews xabar qildi.

IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Qarshi-Beshkent avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yuz bergan. Texnik nosozlik tufayli "O‘ztransgaz" kompaniyaga tegishli bo‘lgan tabiiy gaz tashuvchi yuk mashinasi (gazovoz) portlab ketgan.

Portlash oqibatida 1989-yilda tug‘ilgan haydovchi jabrlangan. U tezlik bilan shifoxonaga olib borildi. Portlash natijasida halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Respublika FVV tomonidan to‘liq ma’lumot bir ozdan so‘ng vazirlikning rasmiy saytida berilishi haqida Sputnik muxbiriga ma’lum qilindi.

Qashqadaryo IIB va hokimligi bilan bog‘lanib bo‘lmadi.

Yangiliklar lentasi
0