Ramzan Qodirov iste’foga chiqishga tayyorligini aytdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z egallab turgan lavozimini tark etishga tayyorligini va rahbarlik ishidan charchaganligini ma’lum qildi

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Ramzan Qodirov dushanba kuni "Rossiya 1" telekanalida "Amaldagi shaxslar Noila Askar-zoda" ko‘rsatuvida iste’foga chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov: "Checheniston rahbari sifatida davrim o‘tdi"
Xabarga ko‘ra, "Iste’foga chiqishga tayyormisiz?", deb savol berishganida, Qodirov bu uning orzusi ekanligini aytgan. Checheniston rahbari ishi juda og‘ir va murakkabligi haqida gapirib, undan charchaganligini qo‘shimcha qilgan.

"Qachonlardir men kabilar kerak edi — jang qilish, tartib o‘rnatish uchun. Bugun bizda tartib, hurmat hukmron, jamiyatda, umuman Rossiyada hamjihatlik mavjud", — degan Qodirov.

Qodirov ko‘rsatuv davomida bir nechta yordamchilari borligini aytib, "ular Chechenistonni boshqarishga 100 % qodir", deya kafolat bergan.

Ramzan Qodirov iste’foga chiqish to‘g‘risida birinchi bor gapirayotgani yo‘q.

2014 yilda u Rossiya prezidentidan Checheniston rahbarligidan ozod etib, Donbassga jang qilishga yuborishini so‘raganligi haqida gapirgan edi. Sal keyinroq Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, Kremlga bu singari murojaat kelib tushmaganini ma’lum qilgan.

2015 yil "Govorit Moskva" radiostansiyasi efirida Qodirov bir necha marotaba iste’foga chiqarishlarini so‘raganini va rahbarlik lavozimini istagan vaqtda tark etishga tayyor ekanligi haqida aytgan.

2016 yilning fevralida Chechenistonda o‘tgan saylovlar oldidan Qodirov bu lavozimga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotganini va hokimiyatni o‘z jamoasidagi izdoshiga berishga tayyorligini aytgan edi. 2017-yilning iyul oyida o‘zining Telegramida Qodirov Iyerusalimdagi Al-Aksa masjidini qo‘riqlash uchun rahbarlik vakolatidan voz kechishga tayyorligi haqida yozgan.

Yangiliklar lentasi
0