Ramzan Qodirov: "Checheniston rahbari sifatida davrim o‘tdi"

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishChecheniston rahbari Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari o‘z nomi xalqiga qarshi ishlatilishini xohlamasligi uchun, mamlakat rahbarlariga murojaat qilib, o‘z o‘rniga boshqa odam topishlarini so‘ramoqchiligini ma’lum qildi. Ramzan Qodirovning so‘zlariga qaraganda, u barcha yutuqlarga erishib bo‘lgan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov region rahbarligidagi vaqti tugaganligini, hukumat uning o‘rniga boshqa odam topishi kerakligini ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

"Haqiqatni gapiraman, men ishladim va shu kungacha o‘z vazifamni uddalab keldim. Endilikda, nomimdan xalqimga qarshi foydalanmasliklari uchun, mamlakat rahbarlari o‘rnimga boshqa odamni topishlari kerak, deb o‘ylayman. Rost aytapman – davrim tugadi. Jamoamizda munosib vorislar, juda yaxshi mutaxassislar bor”, dedi Qodirov “NTV” kanaliga bergan intervyusi davomida.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin Ramzan Qodirov respublika boshqaruvida o‘z vazifasini sidqidildan ado etib bo‘lganini, “ammo agar, xizmat qilishda davom et, deb aytishsa, xizmatimni davom ettiraman”, deb ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0