TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekistonning 40ta qamoqxonasida, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, maxsus davlat unitar korxonalari tashkil qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu qaror O‘zbekiston Hukumati tomonidan qabul qilingan. Qamoqxonalarning o‘zi yangi korxonalar homiysi bo‘ladi. Yangi tashkil qilinayotgan korxonalarning asosiy vazifasi – aholi orasida talab katta bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bo‘ladi. Ushbu jarayon to‘liq qamoqqa olinganlarning o‘z kuchi yordamida amalga oshiriladi. Ular bilan mehnat shartnomalari tuziladi.
Ushbu tashabbusdan yana bir muhim natija kutilmoqda – qamoqqa olinganlar kerakli hunarlarni o‘rganishi, ularda mehnatga hurmatli munosabatda bo‘lish hamda mehnat natijasiga ma’naviy va moddiy qiziqish madaniyati shakllantirish.
Shuningdek, hukumat qamoqxonalarga, o‘z faoliyatiga xos bo‘lgan mehnat yo‘nalishni tanlash hamda mahsulot narxini va turini bozor konyukturasiga qarab mustaqil ravishda belgilash huquqini beradi.
Undan tashqari, IIV qamoqxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliy OAVlarda va internetda doimiy ravishda reklama qilib boradi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda jazo o‘tash maskanlarini rivojlantirish Dasturi qabul qilingan edi. Ushbu Dastur doirasida 2022-yilga qadar qamoqxonalardagi ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash uchun 33 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi va 1,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil qilish kutilmoqda.
Shuningdek, jazo o‘tash maskanlari 2023-yilning 1-yanvariga qadar barcha soliqlardan ozod qilingan.