TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolidagi Jauzjan viloyatida “Islomiy davlat” ekstremistik tashkilotining dala qo‘mondonlaridan birini hibsga oldi, Sinxua xabariga asosan.
Jauzjan provinsiyasi politsiya rahbari Sayed Sarvar Xusayni xabariga ko‘ra, hibsga olingan ekstremistning nomi Sherzod Anvarov, kelib chiqishi O‘zbekistonning Buxoro viloyatidan. Anvarov bir guruh IDga moyil o‘zbekistonlik jangarilarni boshqarib turgan. Shu vaqtga qadar Anvarov turli nomlar ostida yashirincha yashab kelgan.
O‘tgan ikki kun ichida Afg‘oniston hududida ID jangarilariga qarshi bir necha maxsus operatsiyalar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 25-noyabr kuni AQSh kuchlari mamamlakat Sharqidagi Nahangar provinsiyasida, uchuvchisiz apparat yordamida 13 nafar jangarini yo‘q qildi.
Afg‘oniston armiyasi va xavfsizlik kuchlari 26-noyabr kuni o‘tkazilgan 12ta maxsus operatsiya davomida 41 jangarini yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi.