Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida ikki nafar "narkobaron" yo‘q qilindi

© WAKIL KOHSAR / AFPAfg‘oniston
Afg‘oniston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojik-afg‘on chegarasida Tojikiston kuch tuzilmalari vakillari va Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan kontrabandistlar o‘rtasida otishma yuz berdi

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. IIV, Milliy Xavfsizlik davlat qo‘mitasi va chegarachilar tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida Tojikiston janubida narkotik kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs yo‘q qilindi, biri qo‘lga olindi, 114 kilogramm narkotik olib qo‘yildi, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga Tojikiston IIV matbuot-xizmati Umarjon Emomali.

Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasidagi Do‘stlik ko‘prigi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on narkokuryeri sal kam 60 kilogramm ko‘knor bilan Amudaryodan suzib o‘tdi
"Yakshanbaga o‘tar kechasi Xamadoni tumaniga yaqin Panjob chegara postida, Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida kuch tuzilmalari  narkotik kontrabandasining oldini olishdi. Tojikiston kuch tuzilmalari vakillari va Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan kontrabandistlar o‘rtasida otishma yuz berdi", — degan kotib.

Emomalining aytishicha, jangovar to‘qnashuv oqibatida ikki nafar kontrabandist yo‘q qilingan, qolganlari qidirilmoqda.

"Afg‘on narkotik kontrabandistlarining hamtovog‘i deb taxmin qilinayotgan Tojikiston fuqarosi, muqaddam sudlangan, Xamadon tumanida yashovchi 35 yashar Alisher Niyozov qo‘lga olindi", — deb xabar qildi IIV matbuot-kotibi.

Emomalining xabariga ko‘ra, maxsus operatsiya natijasida 114 kg narkotik modda, jumladan 83 kg gashish, 21,2 kg opiy va 9 kg kannabis moddalari olib qo‘yilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0