TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan "Tozalash-antiterror" operatsiyasi jarayonida Qirg‘iziston Respublikasida qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
Abdurahmonov yonidan bir dona o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan va bir dona o‘zining surati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma’lumotlari ko‘rsatilgan Rossiya Federatsiyasining fuqarolik pasporti aniqlangan.
Ushbu fuqaro bilan olib borilgan surishtiruv jarayonida, u soxta pasportni Omsk shahrida "tayyorlatgani" va ushbu hujjatdan MDH davlatlarida foydalanganligi aniqlangan.
IIBB xabariga ko‘ra, Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan va hozirda uni Qirg‘iziston Respublikasiga etap qilish choralari ko‘rilmoqda.