Toshkentda "Tozalash-antiterror" operatsiyalari boshlandi

© Sputnik / Denis Petrov / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov
Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tozalash-antiterror operatsiyalari Chilonzor tumanidan boshlangan

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani, "Beshqo‘rg‘on" mahallasida "Tozalash-Antiterror" tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB dindorlarning ommaviy hibsga olinishi haqidagi xabarlarni izohladi
Operatsiya davomida respublikaning turli viloyatlaridan kelib, muayan ish joyiga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan hamda xonadon egasi bilan ijara shartnomasi rasmiylashtirmay yashab kelayotgan 363 nafar shaxslar aniqlangan.

IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tkshiruv davomida, ularning 28 nafari profilaktik hisobda turuvchi, 127 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar ekanligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 17 nafar xonadon egalari o‘z xonadonlarini ijara shartnomasini rasmiylashtirmagan holda yashash uchun taqdim etganligi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va qonuniy chora ko‘rishlik uchun tuman Davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan.

Shu bilan bir qatorda, jami 2 nafar voyaga yetmaganlar bemaqsad, ota-onasining nazoratisiz yurganligi aniqlanib, Toshkent shahar IIBB VEIXOKMga joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0