Misrdagi terakt qurbonlari soni 305taga yetdi

© Sputnik / Fayed El-Geziri / Mediabankka o‘tishVzriv progremel v serkvi Svatogo Georgiya v yegipetskom gorode Tanta
Vzriv progremel v serkvi Svatogo Georgiya v yegipetskom gorode Tanta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu teraktni mamlakat tarixida eng qonli fojea deb tan olindi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Juma kuni Misr shimolidagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan terakt qurbonlari soni 305 kishiga yetdi, lekin qurbonlar soni yana oshishi mumkin deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Misrning rasmiy axborot agentligi MENA xabariga ko‘ra, qurbonlar orasida 27 nafar bolalar ham bor.

Terakt, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr juma kuni 30ga yaqin jangarilar Bir-el-Abd qishlog‘ida joylashgan er-Rouda masjidiga hujum uyushtirgan edi. Xudkush terrorchi o‘zini masjid ichiga kirib, namoz o‘qiyotgan aholi orasida o‘zini portlatib yuborgan. Shundan so‘ng tirik qolganlar o‘qotar qurollar yordamida o‘qqa tutilgan. Undun tashqari terrorchilar politsiya, tez yordam va harbiylarni hm o‘qqa tutishgan.

Biroz vaqt o‘tib, ushbu terrorchilikka aloqador bo‘lgan barcha shaxslar Er-Risan shahrida askarlar va uchuvchisiz apparat yordamida yo‘q qilinganini habar berishdi.

Misr hukumati ushbu teraktni mamlakat tarixida eng qonli fojea deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0