TOShKENT, 18-maya — Sputnik. Rossiya hududida haydovchi bo‘lib ishlayotgan migrantlarga Rossiya haydovchilik guvohnomasi olish majburiyati yana bir yilga – 2018-yilning 1-iyuliga qadar kechiktirildi, deb xabar qilmoqda “Kommersant” nashri.
Rossiya Davlat dumasi 2013-yilda, haydovchi bo‘lib ishlayotgan migrantlar Rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi kerakligi, aks holda transport vositalarining texnik holati va haydovchilarni ishga chiqishiga ruxsat beradigan shaxs 50 ming rubl jarimaga tortilishi haqida qonun loyihasiga qabul qilgan edi.
Rossiya qonunchiligida va haydovchilik guvohnomasi berishda jarayonida mavjud bo‘lgan muammolar tufayli ushbu qonun kuchga kirishi bir necha yildan beri orqaga surilib kelmoqda.
Ana shunday muammolar orasida migrantlarni qayerda va qanday YHX qoidalariga o‘qitish, beriladigan haydovchilik guvohnomasi amal qilish muddati, MDH davlatlari orasida ushbu sohada amal qilayotgan davlatlararo shartnomalar va boshqalar bor.
Undan tashqari, ushbu ish yoppasiga amalga oshirilgan holda ko‘plab avtotransport korxonalari haydovchisiz qolishi mumkin, chunki mahalliy aholi migrantlar rozi bo‘lib ishlayotgan maosh va sharoitlarda ishlashga tayyor emas.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, migrant-haydovchilar amalga oshirayotgan qoidabuzarliklar soni yildan yilga oshib bormoqda. 2016-yilda migrant haydovchilar oldingi yilga nisbatan 4,5 % ko‘p qoidabuzarlik amalga oshirgan bo‘lsa, 2017-yilning birinchi oylarida o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 11% ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.