Rossiyadagi turnirda o‘zbekistonlik to‘rt bokschi finalga chiqdi

© olamsport.comBokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge
Bokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Final janglarida Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov ishtirok etadi

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiyaning Beloyarskiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha "Neft mamlakatlari kubogi"da o‘zbekistonlik to‘rt nafar bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (52 kg) yarim finalda rossiyalik Artur Lojkov bilan kuch sinashdi. U jangda to‘liq ustunlik qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hasanboy ertaga finalda rossiyalik yana bir bokschi Artur Jaayevga qarshi jang o‘tkazadi.

Kubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Isroil Madrimov Sankt-Peterburgdagi turnirda eng yaxshi bokschi bo‘ldi

64kg vazn toifasidagi bokschi Iqboljon Xoldorov mezbonlar vakili Alisa Sharifov ustidan g‘alaba qozondi. Endi u finalda rossiyalik sportchi Grigoriy Lizunenkoga qarshi jang qiladi.

75kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan Isroil Madrimov mezbon bokschi Vladislav Savostyanovga qarshi ringga chiqdi.

Jang to‘liq Isroilning ustunligi ostida kechdi. U hattoki ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ya oldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Madrimovning g‘alabasini qayd etdilar. Madrimov finalda boshqa bir rossiyalik bokschi Andrey Kovalchukka qarshi jang qiladi.

91 kg vazn toifasida janglarni o‘tkazadigan Sanjar Tursunov yarim finalda mezbon bokschi Sergey Korneyevga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Ammo uning raqibi jangda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Shu sababli Sanjar Tursunov ertaga bo‘lib o‘tadigan final jangida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0