Isroil Madrimov Sankt-Peterburgdagi turnirda eng yaxshi bokschi bo‘ldi

© Federatsiya boksa Sankt-PeterburgaKubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu
Kubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning barcha vakillari Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi musobaqasidan medallar bilan qaytishdi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonning barcha vakillari VI xalqaro "Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi" musobaqasida medallarni qo‘lga kiritishdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Boks federatsiyasi.

8-12 noyabr kunlari Sankt-Peterburgdagi "Dinamo" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Tojikiston, Estoniya va Rossiyadan yuzdan ortiq bokschilar qatnashishdi.

© Federatsiya boksa Sankt-PeterburgaBoks bo‘yicha Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi
Kubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu  - Sputnik O‘zbekiston
Boks bo‘yicha Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi

O‘zbekiston terma jamoasi uch bokschi bilan ishtirok etdi va ularning barchasi o‘z vazn toifalarida finalga chiqishdi. Hal qiluvchi bahsda Isroil Madrimov (75 kggacha) rossiyalik Igor Ivanchenko ustidan, Shunqor Abdurasulov (60 kggacha) yana bir rossiyalik Ruslan Batmanovdan ustun kelishdi hamda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Sanjar Tursunov (91 kggacha) musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Isroil Madrimov shuningdek turnirning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.

Yangiliklar lentasi
0