O‘zbekistonda ziyorat turizmi bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
Musulmon davlatlari, ayniqsa, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlardan O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga sayyohlarni jalb qilish ish olib borilmoqda

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekistonda ziyorat turizmi assotsiatsiyasini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlandi. Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarovga asoslanib O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va mamlakatdagi yetakchi sayyohlik firmalar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Sh.Minovarov mamlakatga keladigan sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘nalishida ziyorat turizmi tashkil etilayotganini ta’kidladi.

Turoperatori Tadjikistana i Uzbekistana zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v ramkax biznes-foruma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikistonning turizm kompaniyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

Shuningdek, musulmon davlatlari, ayniqsa, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlardan O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar jadal ketayotganini alohida qayd etdi.

Minovarovning so‘zlariga ko‘ra, bu bo‘yicha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi, "O‘zbekturizm" tashkiloti bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ziyorat turizmi assotsiatsiyasini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlangan.

Majlisda ziyorat turizmi bo‘yicha gidlarni qayta tayyorlash, ma’lumotnoma kitobchalarining yangi tahririni nashr etish, tarqatma materiallar, bukletlar, bannerlar, slaydlar tayyorlash, muborak qadamjolarni ziyorat etish odoblarini ishlab chiqish, aeroport va viza berish xizmatlarini yengillashtirish hamda xorijiy hamkorlar, elchixonalar bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0