Turkiyadagi telekanal produseri Rossiya elchisi o‘limida ayblanib hibsga olindi

© Posolstvo Rossii v Tursii / Mediabankka o‘tishPosle pokusheniya skonchalsya posol Rossii v Tursii Andrey Karlov
Posle pokusheniya skonchalsya posol Rossii v Tursii Andrey Karlov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unga qasddan qotillik qilish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi va Fathulloh Gulen tashkiloti bilan aloqada bo‘lganligi gumon qilinmoqda

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘limi bo‘yicha tergov jarayoni doirasida TRT "TRT Avaz" telekanalining "Eko Avaz" dasturi sobiq produseri, "Guru Mediya" noshirlik guruhi rahbari X.A. hibsga olindi. Bu haqda Turkiya OAVlariga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

2016 yil 19-dekabrda Anqaradagi badiiy ko‘rgazma ochilishi marosimida turk politsiyachisi Mevlyut Mert Altintash Rossiya elchisi Andrey Karlovni otib o‘ldirgandi. Anqara prokuraturasi qotillik ishi bo‘yicha tergov ishlarini boshlagandi. O‘tgan haftada tergov ishida kutilmagan burilish yuz berdi.

Andrey Karlov - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston elchisi: Karlovni mendan uch qadam narida otishdi

Anqara sudiga "Guru Mediya" noshirlik guruhi rahbari X.A. keltirildi hamda prokuror Adem Akindji tomonidan so‘roq qilindi. Xabar berilishicha, so‘roqdan so‘ng jinoyat sudi uni hibsga olish haqida hukm chiqardi. Unga qasddan qotillik qilish ayblovi e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, X. A. ilgariroq FETO doirasida axborot faoliyati bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan. Gumondorning o‘zi FETO bilan aloqada bo‘lganligini, ammo 2008-yilda aloqani uzganligini aytgan. Tergov doirasida X.A. 2012-2013 yillarda FETOning qidiruvda bo‘lgan a’zosi Onder Aytach bilan telefon orqali muloqot qilganligi aniqlangan.

Turkiya OAVlarining yozishicha, X. A. 2016-yil dekabrida Moskvada "Turk-Rossiya munosabatlariga iqtisodiy nigoh" nomli konferensiyani tashkil etgan "Eurasian House" tashkilotining bosh direktori bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0