O‘zbekiston va Qozog‘iston parvozlar sonini ko‘paytirishga kelishib olishdi

© PATRICK BAZ / AFPPrizemlenie samoleta kompanii "Air Astana" v aeroportu Almati
Prizemlenie samoleta kompanii Air Astana v aeroportu Almati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat o‘rtasida qatnovlar soni haftasiga 22 tani tashkil qiladi. Shu sababli yo‘lovchilar Toshkentdan kuniga ikki marta, Ostonadan har kuni bir marta parvoz amalga oshirishlari mumkin

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston aviakompaniyalari davlatlar o‘rtasida parvozlar sonini ko‘paytirishga kelishib olishdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston tahririyati Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligi fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasiga tayangan holda.

Samolet Airbus 320 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Airbus Neo samolyotlarini sotib oladi

"Eyr Astana" aviakompaniyasi 2-dekabrdan Olmaota — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 6 dan 7 taga parvozlar sonini ko‘paytiradi. Bundan avval yakshanba kuni parvozlar amalga oshirilmagan.

Bundan tashqari, Ostona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 3 dan 4 taga ko‘payadi. Endi parvozlar haftaning shanba kunida ham amalga oshiriladi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Olmaotaga haftaning barcha kunlarda parvozlar amalga oshiradi. 2018-yil 4-martda Toshkent-Ostona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar jadvaliga yakshanba kuni ham qo‘shiladi.

"Buning natijasida ikki davlat o‘rtasida qatnovlar soni haftasiga 22 tani tashkil qiladi. Shu sababli yo‘lovchilar Toshkentdan kuniga ikki marta va Ostonadan har kuni bir marta parvoz amalga oshirishlari mumkin", — deb izoh berildi qo‘mitada.

Kelgusida Samarqand, Buxoro, Urganchga parvozlar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0