TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish masalalarni tartibga solishga qaratilgan bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi.
"Ushbu bitim O‘zbekiston-Rossiya tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni va davlatlararo do‘stlikni mustahkamlash, ishchilarni malakasini oshirish, shuningdek, Rossiya hududida O‘zbekiston fuqarolarini ishga noqonuniy jalb qilinishini oldini olishga qaratilgan", — deyilgan qonun loyihasi tushuntirish xatida.
Bitim asosiy qoidalari ikki davlatning vakolatli organlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga mehnat qilish uchun tizimli saralash, noqonuniy mehnatga jalb qilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.
Hujjat O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtincha mehnat qilish uchun yuborishga tayyorlash, xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish masalalarini tartibga soladi.
Bundan tashqari, bitimda Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari belgilab berilgan. Jumladan, bitimda mehnat qilish huquqi, dam olish va ijtimoiy sug‘urta (majburiy tibbiy sug‘urtadan tashqari), Rossiya qonunchiligiga ko‘ra pensiya ta’minotini nazarda tutilgan. Shuningdek, fuqarolarga Rossiya vakolatli organlardan mamlakatda bo‘lish tartib-qoidalari va shartlari, Rossiya qonunchiligi talablaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilish huquqini beradi.
Ushbu qonun loyihasini qabul qilinishi Rossiya budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini talab qilmaydi deyilgan tushuntirish xatda.