TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Islandiya fuqarolar mudofaasi departamenti mamlakatdagi eng yirik Yerayfayokutl vulqoni yana faollashgani munosabati bilan evakuatsiya rejasini ommaga e’lon qildi.
Jumladan, mamlakat janubi-sharqida yashovchi aholiga, agar vulqon otilishni boshlasa, uchta yig‘ilish punktlarida to‘planish va kelgusi ko‘rsatmalarni kutish tayinlangan. Vulqon kuli otila boshlasa yaqindagi binolarda jon saqlash kerakligi tayinlangan.
Vulqondagi harakatlar jarayonlari so‘nggi oyda ancha kuchaygan. Noyabr oyi boshlarida vulqon joylashgan hududda yoriqlar hosil bo‘lgani uchun xavfning "sariq" darajasi belgilandi.
Vaziyat olimlar va Islandiya hukumati nazoratiga olingan.
Yerayfayokutl so‘nggi bor 1727-yilda "uyg‘ongan". Undan avvalgi tabiiy hodisa 1362-yilda ro‘y bergan.