Indoneziyada vulqon otilishidan so‘ng 13 sayyoh bedarak yo‘qoldi

© Sputnik / Nikolay Zaysev / Mediabankka o‘tishVulqon otilishi
Vulqon otilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barujari vulqonining otilishi seshanba kuni kechqurun boshlangan va 1,1 ming kishi evakuatsiya qilingan edi

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Indoneziyada Barujari vulqoni otilishi natijasida, kamida 13 kishi, shu jumladan chet el fuqarolari, bedarak yo‘qolgan, deb xabar qiladi Sinxua agentligiga tayangan holda RIA Novosti.

"Ko‘plab sayyohlar evakuatsiya qilingan edi. 13 kishi hamon qaytmagan", — deb xabar qilgan qutqaruv xizmati boshlig‘i Agung Pramudja.

Barujari vulqonining otilishi seshanba kuni kechqurun boshlangan, natijada 1,1 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Vulqon otilishi oqibatida havoga 2 kilometrlik kul ustani ko‘tarilgani tufayli, hatto aviareyslar to‘xtatilishi xavfi tug‘ilgan.

Hozirga qadar qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

"Tinch okeani olovli halqasi" (Tinch okeanining g‘arbiy qismi tubini shakllantiruvchi plitalar Osiy tektonik plitasi ostiga kiradi) qismida joylashgan Indoneziya harakatdagi vulqonlar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi: ularning soni 130taga yaqin. Shuning hisobidan ham  ulkan arxipelagda ko‘plab zilzilalar va vulqon otilishlari sodir bo‘lib turadi.

Yangiliklar lentasi
0