TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq qilish, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi 22-noyabr kuni boshlandi. Davlat tashrifi davomida ikki mamlakatning turli kompaniya, idora va tashkilotlari o‘rtasida 80ga yaqin hujjatlar va qiymati 8,9 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi.
Xususan, savdo, yoqilg‘i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarda kelishuvlarga erishildi.