Atambayev o‘z sha’niga dog‘ tushirmagan oilasiga rahmat aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizii Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning yangi prezidenti inauguratsiyasi vaqtida sobiq prezident maqomini olgan Almazbek Atambayev o‘z sha’niga dog‘ turishmaganliklari uchun rafiqasi va farzandlariga minnatdorlik bildirdi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasida olti yillik faoliyati davrida o‘z sha’niga dog‘ tushirmagani uchun oila a’zolariga minnatdorlik bildirdi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev - 60 yoshda: Qirg‘iziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi
Joriy yilning 15-oktabrida umumxalq saylovlarida prezident etib saylangan Jeenbekov juma kuni davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishdi.

"Qirg‘iziston Respublikasining yangi prezidenti o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Shu bilan mening prezident sifatida faoliyatim nihoyasiga yetdi. Xudoga shukr. Fuqarolarimizning hammasiga, maslakdoshlarimga meni doimo qo‘llab-quvvatlab kelishgani uchun ulkan minnatdorligimni bildirmoqchiman. Shuningdek, rafiqam, sobiq birinchi xonimga va farzandlarimga shu olti yil vaqt davomida sha’nimga dog‘ tushirmaslikka qo‘ldan kelgancha harakat qilishgani uchun minnatdorlik bildiraman", — deb ta’kidladi Atambayev.

Atambayev mamlakatning yangi prezidenti Qirg‘iziston tanlagan taraqqiyot yo‘lini munosib davom ettirishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Atambayev ilgariroq davlat mukofotini topshirish marosimida jurnalistlarga o‘z rafiqasiga "Jasorat" medalini berishni xohlashini aytgan edi.

"Rostini aytaman, rafiqamga "Jasorat" medalini berishni istardim: 30-yil fe’l-atvorimga toqat qilib keladi… U shunga munosib", — degan edi Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0