Qirg‘izistonning yangi prezidenti birinchi navbatda nimaga qarshi kurashishini aytdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta Kirgizskoy respublikiSooronbay Jeenbekov ofitsialno vstupil v doljnost glavi Kirgizstana
Sooronbay Jeenbekov ofitsialno vstupil v doljnost glavi Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘izistonning yangi prezidenti nutq so‘zladi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Inauguratsiya marosimida prezident Sooronbay Jeenbekov korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashishini aytdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Premyer-ministr Kirgizstana Sapar Isakov vstretilsya s glavoy pravitelstva Uzbekistana Abdulloy Aripovim v ramkax rabochego vizita v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov qirg‘izistonlik hamkasbi bilan nimalarni muhokama qildi

U hokimiyat faoliyati shaffof bo‘lmaguncha mamlakat rivojlana olmasligini aytdi.

"Ota bobolarimiz aytishgan: "Agar bir kishiga rahbarlik qilsang ham senda ming kishining halolligi va vijdonliligi bo‘lsin. Rahbar bo‘lishga intilgan har bir inson birinchi navbatda o‘zi halol va pok bo‘lsin", — dedi prezident.

Jeenbekov demokratiya — bu nafaqat erkinlik, balki mas’uliyat ham ekanligini eslatib o‘tdi.

"Men prezident sifatida hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari oldiga keskin talablar qo‘yaman. Faoliyatimning eng ustuvor yo‘nalishi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘ladi. Asosiysi, bizda daxlsizlar yo‘q va bo‘lmaydi ham", — dedi Jeenbekov.

U huquqni muhofaza qilish va organlaridagi korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish zarurligini, ularning vazifasi biznes va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish bo‘lishi shartligini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0