Jamiyat

Abdulla Aripov qirgʻizistonlik hamkasbi bilan nimalarni muhokama qildi

© Press-slujba pravitelstva / Sabыr Ailchiyev / Premyer-ministr Kыrgыzstana Sapar Isakov vstretilsya s glavoy pravitelstva Uzbekistana Abdulloy Aripovыm v ramkax rabochego vizita v Tashkent
Premyer-ministr Kыrgыzstana Sapar Isakov vstretilsya s glavoy pravitelstva Uzbekistana Abdulloy Aripovыm v ramkax rabochego vizita v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tomonlar transport yoʻlaklari rivojlanishi istiqbollari, xususan Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli hamda tadbirkorlar oʻrtasidagi munosabatlarni muhokama qildi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentga ishchi tashrif bilan kelgan Qirgʻiziston bosh vaziri Sapar Isaqov Oʻzbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar va chegara sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Isaqov Oʻzbekiston bilan munosabatlar Qirgʻiziston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligini qayd etdi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

"Biz hamkorlikning qogʻozda emas, amalda faollashayotganini koʻrib turibmiz. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlarining oʻzaro tashriflari 25 yildan buyon "siljimay kelgan" muammolarni hal qilishga imkon berdi. Shuningdek, davlat rahbarlari yetakchiligida hukumatlararo aloqalar rivojlanishiga turtki boʻldi", taʼkidladi Isaqov.

Aripov oktyabr oxirida Bishkekda boʻlib oʻtgan ikki tomonlama muzokaralarni tashkillashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi va bu Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari kun tartibiga qoʻygan vazifalarni amalga oshirish uchun yaxshi ibtido ekanligini bildirdi.

Trassa - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Oʻzbekiston - Qirgʻiziston - Xitoy" yoʻnalishi boʻyicha xalqaro avtokarvon yoʻlga chiqdi

Shuningdek, Oʻzbekiston bosh vaziri joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 193 million AQSH dollarini tashkil etgani, kelgusida ushbu koʻrsatkichni yiliga 500 million AQSH dollariga yetkazish rejada borligini maʼlum qildi.

Tomonlar transport yoʻlaklari rivojlanishi istiqbollari, xususan Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli hamda tadbirkorlar oʻrtasidagi munosabatlarni muhokama qildi. Ular gumanitar hamkorlik va ikki respublikada milliy madaniyat kunlarini oʻtkazish borasida ham suhbatlashishdi.

Bundan tashqari, ikki davlat oʻrtasida tuzilgan delimitatsiya va demarkatsiya masalalari boʻyicha ishchi guruhning faoliyati ham muhokama qilindi. Abdulla Aripov hukumat raislari boshchiligida Oʻzbekistonga chegaradosh viloyat rahbarlarining birinchi yigʻilishini oʻtkazishni taklif qildi.

Uchinchi noyabr kuni Toshkentda MDHga aʼzo davlatlar hukumat raislari Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0