O‘zbekiston prezidentining Koreyaga tashrifi davomida 60dan ortiq hujjat imzolandi

© Sputnik / Aleksey PanovObmen papkami s dokumentami
Obmen papkami s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot va boshqa hujjatlarni imzoladilar

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida 60dan ortiq hujjat imzolandi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar", — deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya O‘zbekistonga 500 million dollar sarmoya yo‘naltiradi

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini boshqarish vazirligi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi, O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirliklari o‘rtasida O‘zbekistonda Milliy elektron savdo platformasini joriy qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo memorandum, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Koreya Strategiya va moliya vazirligi o‘rtasida Bilimlar almashinuv dasturi bo‘yicha Anglashuv memorandumi, 2018-2020 yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha hukumatlararo hadli kelishuv hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi bilan Koreya eksport-import banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv kabi hujjatlar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining Koreya Respublikasiga tashrifi 25-noyabrgacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0