TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Sud-tibbiy ekspertizasining Toshkentda to‘satdan o‘lgan 3 nafar voyaga yetmagan qizlar o‘limining natijalari ma’lum bo‘ldi.
Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, qizlar dori vositalarini noto‘g‘ri qabul qilganliklari uchun olamdan o‘tishgan. Bu haqda UzNews.uz muxbiriga ekspertiza o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy- tadqiqot institutidagi tegishli manbaa xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizlarga "Vermoks" nomli parazitlarga qarshi dori buyurilgan. Ammo, dorixona xodimi shifokor yozuviga tushunmay, yurakka aloqador xastaliklarda qabul qilinuvchi "Verapamil" dori vositasini bergan.
Dori vositasini qabul qilish natijasida, qizlarda kardiogen shok holati yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 4-qismi "a" bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.