Terma jamoa bosh murabbiyligiga kimlar bilan muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilindi

© http://the-uff.comFederatsiya futbola Uzbekistana
Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ular qatorida Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petresku hamda Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionati klublarida ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassislar mavjud.

Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF: hozircha murabbiylikka bizning talablarimizga javob beradigan nomzod chiqmadi

Shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" hamda Moskvaning "Dinamo" klublaridagi faoliyati orqali o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich ham nomzodlar qatorida.

Shu bilan birga, italiyalik 52 yoshli murabbiy Anjelio Alessio ("Napoli", "Yuventus", "Chelsi" klublari va Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan), germaniyalik 54 yoshli Bernd Shtork ("Shtutgart", "Volfsburg", "Borussiya" Dortmund klublari, shuningdek, Qozog‘iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan) va xorvatiyalik Branko Ivankovich (Eron milliy terma jamoasi, shuningdek, "Al-Ittifoq", "Al-Vahda", "Persepolis" klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan) bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Angliyaning "Vest Xem" klubi sobiq murabbiyi Slaven Bilich, "Napoli", "Inter", "Uotford" kabi klublarni boshqargan italiyalik 56 yoshli mutaxassis Valter Massari, "Feyenord", "Borussiya" Dortmund, "Gamburg" klublari va Gollandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk ham muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjud.

Yangiliklar lentasi
0