O‘FF: hozircha murabbiylikka bizning talablarimizga javob beradigan nomzod chiqmadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolnie machi
Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasini Birlashgan Arab Amirliklaridagi o‘rtoqlik uchrashuviga Ro‘ziqul Berdiyev olib boradi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Bir qancha xorijlik murabbiylikka nomzodlarni ko‘rib chiqdik, lekin bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi, – dedi O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytilgandi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu proigrala sbornoy Kitaya so schetom 0:1 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

"Bugungi kunda bir qancha nomzodlarni ko‘rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz", – dedi u.

Federatsiya prezidenti Ro‘ziqul Berdiyev terma jamoaga vaqtinchalik murabbiy etib tayinlanganini tasdiqladi. O‘zbekiston terma jamoasini Birlashgan Arab Amirliklaridagi o‘rtoqlik uchrashuviga aynan Berdiyev olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi yoshartirilishi munosabati bilan tarkib butkul yangilanmoqda. BAAga qarshi o‘yinda yoshlar sinovdan o‘tkaziladi.

"Biz kelajak uchun istiqbolli rejalar tuzapmiz. Shu tamoyilga sodiq qolgan holda milliy terma jamoa tarkibini yoshartirish yo‘lidan boramiz. BAA bilan o‘yin milliy terma jamoa tarkibiga nomzod bo‘lgan yangi yoshlarni saralab olish va ularni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Jamoani maydonga Ro‘ziqul Berdiyev boshlab tushadi ", – dedi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 14-noyabr kuni mehmonda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin bo‘lib o‘tadigan stadion va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.

Yangiliklar lentasi
0