BMT bolalar jamg‘armasi O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga yordam beradi

Obuna bo‘lish
BMT bolalar jamg‘armasi O‘zbekistondagi vakolatxonasi respublikada kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga yordam beradi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. BMT bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann respublikadagi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Investitsii v biznes - Sputnik O‘zbekiston
YeIB delegatsiyasi harakatlar dasturini tuzish uchun O‘zbekistonga keladi

Kuni kecha Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Xaitov BMT bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar aholini ijtimoiy himoya qilish, nogironlar, shu jumladan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilishni mustahamlashga kelishib olishdi.

Bundan tashqari, BMT bolalar jamg‘armasi tomonidan respublika bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati tuzilib, mehnat vazirligi xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0