Mirziyoyev tanqididan keyin "O‘zbekenergo" 70 kunlik favqulodda holat e’lon qildi

© UzbekenergoTES Navoi. Kopaniya "Uzbekenergo"
TES Navoi. Kopaniya Uzbekenergo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oktabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika sohasi vakillari bilan uchrashib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarida yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borishni, ishga sovuqqonlik bilan qarashni yig‘ishtirishni talab qilgan edi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Joriy yilning 2-oktabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqqa binoan, 70 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi, dedi chorshanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida jurnalistlarga "O‘zbekenergo" AJning elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Sunatilla Yusupov. 

Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, 11-noyabr kuni ishchi guruhlar tomonidan 2017-2018 yy qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha shartli ravishda "yaxshi", "o‘rta", "og‘ir" va "o‘ta og‘ir" deb toifalangan mahallalar o‘rganib chiqilgan.

"Jami 9095ta mahallalardan 8518tasi "yaxshi", 548tasi "o‘rta", 41tasi "og‘ir" mahallalar deb, shartli ravishda toifalandi. Ushbu shartli ravishda toifalangan "og‘ir" mahallalarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi", — deb aniqlik kiritdi Yusupov.

Chora-tadbirlarga asosan, 41ta belgilab olingan mahallalarda jami transformator punktlarini almashtirish hamda elektr tarmoqlari punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Yusupov ushbu ishlarga 1,3 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilganligini hamda rejalashtirilgan barcha ishlar 10-dekabrga qadar to‘liq yakunlanishi ta’minlanishini ma’lum qildi.

"O‘zbekenergo" vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu ishlarning 70% bajarilgan.

Podstansiya dlya snabjeniya elektroenergiyey - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududlarida yuqori kuchlanishli podstansiyalar ishga tushirildi
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika sohasi vakillari bilan isitish mavsumiga oid muammolarni muhokama qilgan edi. Mirziyoyev o‘shanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ayrim sohalar rahbarlarining ishga sovuqqon munosabati, hamon uchrayotgan eskicha qarashlar mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, bunday holatlarga o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish, ishni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borish vaqti kelganini ta’kidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0