AQShdagi vatandoshlar O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor

© WikipediaPosolstvo Uzbekistana v Vashingtone
Posolstvo Uzbekistana v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-sentabrda Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida prezident bilan uchrashuvda ishtirok etgan vatandoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-sentabrda Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida prezident bilan uchrashuvda ishtirok etgan vatandoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, unda shuningdek, AQShning turli shtatlaridagi o‘zbek diasporalari assotsiatsiyalari faollari va mamlakatdagi yetakchi universitetlarda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bizni olib ketgani kelgan ekan - AQShda yashayotgan Nodir Zokirov hikoyasi

Har bir qatnashchi O‘zbekiston prezidenti tomonidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘z nuqtayi nazarini bildirdi.

AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi A.Mahmudov 2018-yil yanvarida O‘zbekistonga borishni rejalashtirganini bildirdi. Olim ikki mamlakat skrining klinikalari va laboratoriyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda o‘z yordamini taklif etdi. U AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi Newborn Screening dasturi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lganligini ma’lum qildi. Mazkur dastur yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 4 kunligidayoq ulardagi 60tagacha genetik kasalliklarni aniqlash imkonini beradi. Gap bola DNKsida kodlangan, 5-10 yildan keyin yuzaga chiqadigan viruslar haqida bormoqda.

Dallasdagi Texas universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori A.Zohidov Toshkentda Xalqaro ilmiy texnika markazi – turli mamlakatlar olimlari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlovchi hukumatlararo tashkilot faoliyatini qayta tiklash taklifi bilan chiqdi.

Bundan tashqari, olim O‘zbekistonda Italiyaning Triyest shahrida joylashgan va YuNESKO hamda MAGATE shafeligida faoliyat yurituvchi Xalqaro nazariy fizika markazi filialini ochishni taklif etdi. O‘zbekistondagi ilmiy-texnik baza va quyosh energetikasi sohasidagi yuksak salohiyat hisobga olinsa, markaz ishi barcha turdagi qayta tiklanuvchi muoqbil energiya manbalari tadqiqotiga yo‘naltirilishi mumkin.

Uzbekskiy predprinimatel Bobir Akilxanov - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi o‘zbek tadbirkori: 20-yil ichida bu yerda birinchi o‘zbek milliarderini ko‘ramiz

A.Zohidov O‘zbekistonda yuqorida aytilgan markazlarning ochilishida va respublika olim va tadqiqotchilari uchun xalqaro grantlar olish jarayonida ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Texas shtatidagi Beylor universiteti professori, kimyo fanlari doktori B.Dolimbek O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va boshqa qator universitetlarning ilg‘or xalqaro tajriba va standartlar asosida o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlashga o‘tishi jarayonida shaxsan qatnashishga tayyorligini bildirdi. Olimning fikricha, bu oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshiradi, Fanlar akademiyasi va boshqa oliy o‘quv yurtlarini davlat budjeti hisobidan ta’minlash uchun ketadigan xarajatlarni qisqartiradi.

Olimlar shu yilning dekabrida O‘zbekistonga safarlari chog‘ida ushbu masalalarni O‘zbekiston ilmiy hamjamiyati vakillari bilan muhokama qilishlarini bildirishdi.

ConTex LLC kompaniyasi prezidenti, kimyo fanlari nomzodi J.Avlyanov ayni paytda mamlakat tekstil sanoatiga nanotexnologiyalarni joriy etish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tadbirkor olim respublikada tibbiyot va mudofaa sanoati hamda FVV xodimlari liboslarini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan "aqlli tekstil" mahsulotlarini eksportga mo‘ljallangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Garvard universiteti talabasi X.Zohidova o‘qishni tugatganidan so‘ng oilasi bilan O‘zbekistonga qaytishga tayyor. U respublikaning yetakchi universitetlarida dars berish orqali oliy ta’lim sohasida yurt ravnaqiga hissa qo‘shishni rejalashtirgan.

O‘zbek diasporasi vakillari O‘zbekiston rahbariga xorijdagi vatandoshlarga qaratgan e’tibori va yuksak ishonchi uchun minnatdorlik bildirdilar.

Ular Vatan taraqqiyoti uchun hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini yana bir bor ta’kidlashdi.

Yangiliklar lentasi
0