O‘zbekiston Oltoy o‘lkasi bilan hamkorlikni kuchaytiradi

© Ofitsialniy sayt Altayskogo krayaVstrecha delegatsii Altayskogo kraya s zamestitelem ministra vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan Suxrobom Saifnazarovim
Vstrecha delegatsii Altayskogo kraya s zamestitelem ministra vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan Suxrobom Saifnazarovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘lka savdo tarmoqlariga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga tayyor

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Oltoy o‘lkasi delegatsiyasi O‘zbekiston tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Suhrob Saifnazarov bilan uchrashdi, deb xabar berdi Oltoy o‘lkasi rasmiy sayti.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik sarmoyador O‘zbekistonda shakar zavodi quradi

Saifnazarovning aytishicha, O‘zbekiston o‘lka savdo tarmoqlariga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga tayyor. Shuningdek, Oltoy o‘lkasida savdo uylari ochilishi masalasi ham kun tartibidan joy olgan.

"Hamkorlikda rivojlantirishimiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlardan yana biri turizmdir. Oltoy o‘lkasi Rossiyada jadal rivojlanayotgan turistik hududlardan hisoblanadi. Bizda ham turistlar uchun qiziqarli narsalar bisyor", — dedi Suhrob Saifnazarov.

Bugun delegatsiya shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida V2V shaklida ishbilarmonlar uchrashuvida ishtirok etdi hamda O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oltoy o‘lkasi delegatsiyasi tarkibida 13ta korxona rahbarlari bo‘lib, tashrif 24-noyabrga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0