O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Mixail Kireyev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti
Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning umumiy qiymati 200 mln. dollar bo‘lib, xorijlik hamkorlar tomonidan investitsiya kiritilishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi va Evergreen Motors kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Noviy vnedorojnik Shevrole Treker - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 2019-yildan yangi avtomobillar ishlab chiqara boshlaydi

Loyihaning umumiy qiymati 200 mln. dollar bo‘lib, xorijlik hamkorlar tomonidan investitsiya kiritilishi rejalashtirilmoqda. Afsuski tomonlar hozircha qanday modeldagi avtomobillar ishlab chiqarilishi va qaysi zavodda ishlab chiqarilishi haqida ma’lumot bermagan.

Evergreen Motors shuningdek, ayrili yuklagichlar ham ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Qiymati 50 million dollarlik mazkur loyiha "O‘zavtosanoat" bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikada Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive O‘zbekiston-Fransiya avtomobil zavodi qurilmoqda. Dastlabki mahsulot muddatidan to‘rt oy oldin – 2018-yil 10-dekabrda chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0