AQShda Sayfullo Soipovga nisbatan ayblov e’lon qilindi

© AP Photo / Craig RuttleA photo of Sayfullo Saipov is displayed at a news conference at One Police Plaza Wednesday, Nov. 1, 2017, in New York. Saipov is accused of driving a truck on a bike path that killed several and injured others Tuesday near One World Trade Center.
A photo of Sayfullo Saipov is displayed at a news conference at One Police Plaza Wednesday, Nov. 1, 2017, in New York. Saipov is accused of driving a truck on a bike path that killed several and injured others Tuesday near One World Trade Center. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soipovga umumiy hisobda 8 ta qotillik, 12 ta qotillik sodir etishga urinish, ID terrorchilik guruhiga ko‘mak berish va ko‘mak berishga urinish, zo‘ravonlik va transport vositasiga zarar yetkazish bandlari bo‘yicha ayblov qo‘yildi

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. 31-oktabr kuni Manxettenda yuk mashinasida bir necha kishining hayotiga zomin bo‘lgan Sayfullo Soipovga terrorizm va qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Soipovga umumiy hisobda 8 ta qotillik (hujum qurbonlari soni bo‘yicha), 12 ta qotillik sodir etishga urinish (jabrlanganlar soni bo‘yicha), ID terrorchilik guruhiga ko‘mak berish va ko‘mak berishga urinish, zo‘ravonlik va transport vositasiga zarar yetkazish bandlari bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Foto podozrevayemogo v nayezde na velosipedistov Sayfullo Saipova - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkda odamlar umriga zomin bo‘lgan Sayfullo Soipov haqida nimalar ma’lum

22 banddan iborat ayblov xulosasini hakamlar hay’ati chiqargan. Endi Soipov o‘z qilmishlari uchun sud oldida javob beradi, deyiladi Nyu-York janubiy okrugi prokurori hujjatida. Ayblovning ikki moddasi bo‘yicha Soipovga umrbod qamoq jazosi yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.

Adliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, Soipov yuk mashinasida hujum qilishga uni telefon orqali ko‘rgan ID videosi ilhom berganini tan olgan. U jinoyatni sodir etishni bir yil avval o‘ylab qo‘ygan, hujumdan ikki oy avval esa "ko‘proq begunoh odamlar jabrlanishi" uchun uni yuk mashinasi yordamida amalga oshirishga qaror qilgan. U teraktdan bir haftacha oldin yuk mashinasini ijaraga olib, uni boshqarishni mashq qila boshlagan.

Soipov yuk mashinasida Manxettenning janubi-g‘arbida joylashgan velosipedchilar yo‘lagida uchragan velosipedchilarni bosib, bir necha ko‘cha yurib o‘tgan, so‘ngra maktab avtobusiga urilib to‘xtagan.

Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohat olgan.

Yangiliklar lentasi
0