Nyu-Yorkda odamlar umriga zomin bo‘lgan Sayfullo Soipov haqida nimalar ma’lum

© St. Charles County Department of Corrections/KMOV via APFoto podozrevayemogo v nayezde na velosipedistov Sayfullo Saipova
Foto podozrevayemogo v nayezde na velosipedistov Sayfullo Saipova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-York hokimiyatining ta’kidlashicha, u grin-karta yutib olgan va 2010-yilda AQShga kelgan

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Nyu-Yorkda yuk mashinasida velosipedchilar ustiga bostirib borgan Sayfullo Soipov kim?

Sledovateli i politseyskie na meste nayezda gruzovika na velosipedistov - Sputnik O‘zbekiston
AQShlik professor: Las-Vegasdagi qirg‘inda "terrorizm" so‘zi tilga olinmagandi

Nyu-York hokimiyatining ta’kidlashicha, u grin-karta yutib olgan va 2010-yilda AQShga kelgan. Oxirgi vaqtda u Uber taksi xizmatida ishlagan. Soipov yuk mashinasini hujum uyushtirgan kuni Nyu-Jersidagi Home Depot kompaniyasidan ijaraga olgan. U odamlarga hujumni "Islom davlati" terrorchilik guruhi nomidan amalga oshirgani haqida yozuv qoldirgan.

U hujum qilganidan so‘ng qochishga uringan, ammo Rayan Nesh ismli politsiyachi uningqorniga o‘q otib yaralagan.

"Soipov qo‘riqlanmoqda, u operatsiya qilinishi kerak", — deb ma’lum qilgan shahar hokimiyati Heavy nashriga.

Sayfullo Soipov Google+ ijtimoiy tarmog‘ida sahifasiga ega bo‘lgan. Sahifada u 2012 yilda Bruklindagi rus restorani va yevropa kafesiga borgani haqidagi ma’lumot bor xolos. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uning Facebookdagi sahifasini ham topishdi, biroq u yerda avtomobillarning suratlaridan boshqa hech narsa chiqmadi.

Uning do‘sti Qobiljon Matkarov jurnalistlarga uning "yaxshi yigit" ekanligini, unga o‘z ukasidek munosabatda bo‘lganligini, Soipovning biror guruhga aloqador ekanligini bilmasligini va "u Amerikada yashayotganligidan xursand ekanligini, AQShni yaxshi ko‘rishini" aytgan.

Yangiliklar lentasi
0