TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning farmoniga muvofiq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Danaker" ordeni bilan mukofotlandi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasida strategik sheriklik va an’anaviy do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaralaridagi nazorat o‘tkazuv punktlari ochildi, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari delegatsiyalari o‘zaro tashriflarni amalga oshirdi hamda savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.