Toshkent bozorlarida shakarning kilosi 6500 so‘mdan sotilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSaxarniy zavod
Saxarniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kungacha bozorlardagi do‘konlarda shakar taqchil edi. Iste’molchilar noilojlikdan narxi shakardan qimmat bo‘lgan qandni sotib olayotgan edilar. Ayni kunda shakar kilosi 6500 so‘mdan sotilmoqda

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Poytaxt bozorlarida shakar taqchilligi yuzaga kelgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Pogruzka saxara - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiyadan 20 ming tonna shakar keltirildi

Shu kechayu-kunduzda do‘konlarda paydo bo‘lgan shakarning narxi esa 6500 so‘mni tashkil qilmoqda.

Aksariyat do‘kon va rastalarda shakar yo‘qligi tufayli qandning kilosi 7500 so‘mga chiqib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi savdo do‘konlariga shakar mahsulotini yetkazib berilishi va ichki bozorda shakar narxining asossiz oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ma’lum qilgandi.

Kompaniya tomonidan aholi uchun shakarni 5000 so‘mdan oshmagan narxda sotish imkoniyati yaratilayotganligi haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0