Mirziyoyev Tojikistonga boradi

© SputnikPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon i Vrio Prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i Vrio Prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston barcha chegaradosh mamlakatlar bilan qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan siyosatni faol va bosqichma-bosqich ravishda hayotga tadbiq qilmoqda.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo izlanishlar instituti direktori Vladimir Norov, instituning Facebookdagi sahifasida.

Prezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida munosabatlar qanday rivojlanmoqda?

“Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston diplomatiyasi barcha chegaradosh mamlakatlar bilan qo‘shnichilik munosabatlarini  mustahkamlashga qaratilgan siyosiy yo‘nalishni faol va bosqichma-bosqich ravishda hayotga tadbiq qilmoqda. Bunga nafaqat turli darajadagi davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, balkim to‘planib qolgan turli kelishmovchiliklarni hal qilishda Toshkentning o‘zaro ma’qul yechimlar topishga qaratilgan qat’iy harakatlari ham sabab bo‘lmoqda”, — deb yozadi Vladimir Norov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi oylarda O‘zbekiston rahbarining barcha qo‘shni mamlakat rahbarlari bilan bir necha bor rasmiy va norasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi — diqqatga sazovordir.

“Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashriflar uyushtirildi. Tojikistonga ham tashrif tayyorlanmoqda”, — deydi Norov.

Norovning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston beshta O‘rta Osiyo  mamlakatlari xalqlari manfaati yo‘lida ushbu yo‘nalishda davom etishni maqsad qilgan. Faqat bir-birining manfaatlarini hisobga olib, birgalikda qilingan harakatlar – barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun asos bo‘lishi, davlatlararo ziddiyatlarni batamom hal qilishi va zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi chora bo‘lishi mumkin.   

Yuqoridagilarning barchasi Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham o‘z aksini topdi. Unda Mirziyoyev “O‘rta Osiyo: yagona o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va gullab-yashnash uchun hamkorlik” mavzusida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya haqida e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0