TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik olim va agronomlar Stavropol o‘lkasi hukumati vakillariga paxta yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berishdi, deb xabar berdi o‘lka qishloq xo‘jalik vazirligi.
Hududda paxta yetishtirish istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘lka hukumati raisi o‘rinbosari Erkinbek Alimov, qishloq xo‘jaligi vaziri Vladimir Sitnikov, Budonnovsk, Levokumsk va Neftekumsk tumanlari rahbarlari ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, o‘lka sharqidagi tabiiy iqlim sharoitlari paxta yetishtirish uchun juda qulay bo‘lib, zamonaviy ishlanmalar yordamida uning rentabelligini 63%gacha yetkazish mumkin.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘lkada paxta dalalari maydoni 120 ming gektargacha yetkaziladi.
Hozirda mintaqada paxtachilik bilan atigi bitta korxona — Budonnovsk tumanidagi "Rus" YoAJ shug‘ullanadi (50 gektar).