Astraxan viloyati paxta ekishga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etmoqchi

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda viloyatda qonuna mehnat qilayotgan migrantlar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinda bo‘lib, bu yerda uch mingga yaqin o‘zbeklar yashamoqda

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Astraxan viloyatida kelgusi yildan paxta ekiladi, bu borada o‘zbekistonlik mutaxassislardan maslahat olinadi. Bu haqda Astraxan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkin O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uchrashuvda gumanitar va iqtisodiy sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Otkritie sexa po proizvodstvu xalvi v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Astraxan viloyatiga ishga taklif qilinmoqda

Gubernator Aleksandr Jilkin ta’lim va tibbiyot sohalaridagi hamkorlikni istiqbolli deb atadi. Uning aytishicha, hozirda Astraxandagi oliy o‘quv yurtlarida 300dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olishmoqda.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda qonunan mehnat qilayotgan migrantlar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinda bo‘lib, bu yerda uch mingga yaqin o‘zbeklar yashamoqda.

"Ularning aksariyati mehnatkash va tinchliksevar insonlar. Kelasi yildan paxta ekishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz va bu borada o‘zbekistonlik mutaxassislar maslahati, ilmiy markazlar bilan hamkorlik biz uchun juda muhim", — dedi Aleksandr Jilkin.

Yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston va Astraxan viloyati o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 760 ming dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 34,7 foizga ko‘pdir. Yil boshida Astraxan viloyatida o‘zbek kapitali ishtirokidagi to‘qqiz korxona ro‘yxatga olingan.

Yangiliklar lentasi
0