Bir necha kasb va lavozimda ishlaydiganlarga oylik 50 % to‘lanadi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi qarori bilan o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi takomillashtirildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-dekabrdan ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori oshirildi
Qarorga asosan sog‘liqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari xodimlari bo‘sh o‘rin va tegishli malaka bo‘lgan taqdirda amalda ishlangan vaqt uchun mehnatga haq to‘langan holda o‘rindoshlik asosida shartnomalar tuzishi mumkin.

Bunda o‘rindoshlik bo‘yicha ish vaqtining davom etishi vrachlar uchun ish vaqtining oylik normasidan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Shuningdek, O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori lavozim bo‘yicha maoshning 50 %dan (ilgari 30 % edi) ortiq bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

 

Yangiliklar lentasi
0