TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
2017 yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 172 240 so‘m;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 336 880 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336 880 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 so‘m miqdorida belgilangan.
Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2017-yilning 1-dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A.Xodjayev zimmasiga yuklatilgan.