TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
"2017 yilning 21-noyabr kuni soat taxminan 15:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan "Abu Saxiy" bozori hududida, 2017-yilning 20-noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs Omonov Sherqul Safarovich qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.
Ushlash jarayonida, u yonida bo‘lgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga qurolli faol qarshilik ko‘rsatib, yon atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tug‘dirgan. Biroq, IIO xodimi tan jarohati olgan bo‘lishiga qaramay, yuqori professional tayyorgarligi va jasorati tufayli Sh.S.Omonovni qurolsizlantirib, qo‘lga olgan.
© GUVD g. TashkentaSbejavshey iz psixiatricheskoy bolnisi Omonov Sh.S
Sbejavshey iz psixiatricheskoy bolnisi Omonov Sh.S