O‘zbekistonda kompyuter kiberhujumiga uchraganlar uchun ishonch telefoni joriy etildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor kiberhujum masalalari bo‘yicha ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik milliy axborot infratuzilma foydalanuvchilari uchun axborot xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi matbuot xizmati.

Yulg‘ich-virus Yevropa va Osiyo kompyuterlariga hujum qilmoqda

Milliy axborot infratuzilma foydalanuvchilariga maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatish, davlat va xo‘jalik boshqaruv o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, axborot xatarlarga o‘z vaqtida javob berish maqsadida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazida kecha-kunduz ishlaydigan monitoring guruhi ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Axborot xavfsizlik masalalari +998 (95) 170 98 97 raqam bo‘yicha zarur maslahatlar olish mumkin.

Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi kompyuter hodisalari bo‘yicha axborotni yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va konsultativ yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil may oyida Yevropa va Osiyo kompyuterlari yoppasiga noma’lum "Yulg‘ich-virus"i hujumiga uchragan edi.

2017 yil iyun oyida esa Yevropa va Osiyo mamlakatlarining hukumat va sanoat korxonalarning kompyuter tizimlari keng ko‘lamli Petya virusi yordamida kiber hujumlar qayd etilgan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina, Hindiston hukumat saytlari va 80 ga yaqin neft, telekommunikatsiya va moliya kompaniyalarining kompyuter tizimlariga keng ko‘lamli hujum qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0