TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Qo‘yliq bozori atrofidagi yengil tabiatli ayollar qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar IIBB HPB va Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan 2017-yil 25-avgust kuni o‘tkazilgan "Oriyat" tezkor tadbiri natijasida Bektemir tumani, Qo‘yliq bozori atrofidagi hududda fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan ayollar qo‘lga olingan.
"Yosh qiz va ayollar bilan olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida, quyida ism-shariflari keltirilgan 21 nafariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (foxishalik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan", — deyiladi IIBB saytidagi xabarda.